Yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 116 yilligi

O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 116 yilligi
12.05.2026
🇺🇿O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 116 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan askiyachi, qiziqchi va miniatyura teatrlarining an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Hakamlar hay'atining xulosasiga ko'ra, eng munosib deb topilgan ishtirokchilar va jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Quyida tanlovning barcha yo'nalishlari bo'yicha g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin: 🎭Askiya yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇1-o‘rin: Qo‘rg‘ontepa tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi Abdulxay Maxsum Qozoqov nomli askiya mahorat maktabi; 🥈2-o‘rin: Qorasuv shahar 52-son umumta'lim maktabi o‘quvchilaridan tashkil topgan askiya mahorat to‘garagi a’zolari; 🥉3-o‘rin: Jalaquduq tuman madaniyat bo‘limi qoshidagi askiyachilar guruhi. 🎙Qiziqchilik yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇1-o‘rin: G‘ayrat Ahmedov; 🥈2-o‘rin: Soyib Mirzayev; 🥉3-o‘rin: O‘tkir qiziq. 🎬Miniatyura yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇1-o‘rin: "So‘taqozi" xalq miniatyura teatri; 🥈2-o‘rin: Asaka tuman madaniyat bo‘limi jamoasi; 🥉3-o‘rin: Marhamat tumani madaniyat bo‘limi jamoasi. 💐Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz! Ularning kelgusi ijodiy faoliyatlariga ulkan zafarlar, bitmas-tuganmas ilhom va xalqimiz ardog'ida bo'lishlarini tilab qolamiz!