#Yangi_spektakl_taqdimoti
Bugun Andijon viloyati yoshlar teatrining repertuar rejasiga asosan II-chorakda sahnalashtirilishi belgilangan V.Orlov asari, Sh.Abidov tarjimasi bilan rejissyor Doston Sultonov tomonidan sahnalashtirilgan "Oltin jo‘ja" spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilib, taqdimotda Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyatini ijodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ekspert, Badiiy kengash a’zosi – Shorustam Abidov, O‘zbekiston Teatr Arboblari uyushmasining ijodiy bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos va san’atshunos – Tohir Do‘stmuhammedov ishtirok etib, ular tomonidan kerakli taklif, tavsiyalar aytib o‘tildi.
Mazkur asar bolalar uchun munosib asar bo‘lganligi, aktyorlar ijrosida qahramonlar harakteri ochib berilishi va sahnaviy yechimi topilganligini ijobiy baholab, asar repertuar uchun qabul qilinishi va premyera o‘tkazilishiga ruxsat etildi.
Yangi spektakl bilan tabriklab, jamoaga omadlar tilab qolamiz.
Telegram | Veb-sayt | Facebook Instagram