Yangiliklarga qaytish

“Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda

“Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda
12.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ–421-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 18-yanvardagi 68-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan “Vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan 6-may kuni musobaqa doirasida o‘tkazilgan o‘yinlardan birida “Andijon viloyati yoshlar teatri” jamoasi hamda “Maqom” jamoasi maydonga chiqdi. Qizg‘in kechgan uchrashuvda yoshlar teatr jamoasi yuqori mahorat va jamoaviy uyg‘unlik namoyon etib, raqib ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur natijaga ko‘ra, “Andijon viloyati yoshlar teatri” jamoasi musobaqaning keyingi — yarim final bosqichiga yo‘llanma oldi. Final bosqichida Andijon viloyati yoshlar teatri jamoasiga omad tilaymiz.