O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 514-son buyrug‘i hamda 59-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 31-oktabr – 4-noyabr kunlari mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan “Oltin kuz” iqtidorli yoshlar forumi o‘tkazilmoqda.
Mazkur forum doirasida madaniyat sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari, seminar-treninglar, uchrashuvlar hamda eng yaxshi spektakllar va qo‘g‘irchoq teatrlarining respublika tanlovlari tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, Andijon viloyati Yoshlar teatri 4 nafar xodim bilan forumda ishtirok etib, spektakllar namoyishlarini tomosha qilish jarayonlarida faol qatnashmoqda hamda o‘zlari uchun kerakli bilim va malakalarni olmoqdalar.
Andijon viloyati Yoshlar teatri matbuot xizmati